"Grimsbi" murabbiyi sensatsion g'alabadan so'ng "Manchester Yunayted" haqida fikr bildirdi

"Grimsbi" bosh murabbiyi Devid Artel jamoasi Angliya Liga Kubogida sensatsion tarzda mag'lubiyatga uchratgan "Manchester Yunayted" haqida fikr bildirdi.
"Quloq soling, "Manchester Yunayted" - aql bovar qilmaydigan jamoa. Ularning ajoyib murabbiyi [Ruben Amorim] bor va ular to'g'ri yo'lda, buni ko'rib turibsiz," - dedi Artel tarixiy g'alabadan so'ng ITV telekanaliga bergan intervyusida.