Leverkuzenning «Bayer» klubida to'p suruvchi ispaniyalik futbolchi Alexandro Grimaldo yaqin vaqt ichida Madridning «Atletiko» klubiga ko'chib o'tadi.

Avvalroq «matraschilar» futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida to'liq kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli himoyachining transferi yakuniy bosqichda turibdi. Ayni paytda klublar kelishuvning so'nggi detallarini muhokama qilishmoqda. Tajribali futbolchining xaridi «Atletiko»ga 12 million evroga tushadi.

Grimaldo Ispaniya top-klubi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati (optsiyasi) bo'lgan mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Grimaldo barcha musobaqalarda jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 bor ishg'ol etdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz