Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Alexandro Grimaldo yaqin vaqt ichida «Atletiko» bilan mehnat shartnomasini imzolaydi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi dushanba kuni, ya'ni 29 iyun sanasida «matraschilar» bilan 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Manbaga ko'ra, ushbu transfer uchun «Bayer» taxminan 20 million evro atrofida mablag' oladi. Bu ma'lumot to'liq tasdiqlangani alohida ta'kidlangan.

Yakunlangan mavsumda Grimaldo barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 bor ishg'ol etdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Qayd etish lozimki, ayni kunlarda Grimaldo Ispaniya terma jamoasi safida JCh-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda.

Manba: Stadion.uz