Ispaniyalik futbolchi Alexandro Grimaldo Leverkuzenning «Bayer» klubini Madridning «Atletiko»siga almashtirdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, klublar transfer kelishuvini yakunlashgan. Ispaniya terma jamoasining 30 yoshli himoyachisini sotib olish «Atletiko»ga 15 million evro hamda bonus to'lovlari evaziga tushadi. Futbolchining «matraschilar» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish optsiyasi ham mavjud bo'ladi.

Yakunlangan mavsumda Grimaldo barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, Grimaldo — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ispaniyada boshqa jamoalar safida to'p surmagan bo'lsa-da, faoliyati davomida «Benfika» va «Bayer» klublarida o'ynagan.

Manba: Stadion.uz