Manbaning yozishicha, "Bayer"ning ispaniyalik himoyachisi Aleks Grimaldo qaerda o'ynashni xohlashini hal qilgan.

Ayni damda futbolchi uchun "Barselona" va "Bavariya" klublari kurash olib bormoqda. Grimaldo Kataloniya klubiga o'tishni istardi. Qayd etilishicha, himoyachining pozitsiyasi raqibni kuchaytirishni istamayotgan "Bayer"ni to'liq qoniqtirmoqda.

Aleks Grimaldo bu mavsumda 15 ta o'yin o'tkazdi. Ularda himoyachi "gol+pas" tizimi bo'yicha "7+4" ko'rsatkichini qayd etdi.