10 sentyabr, chorshanba kuni “Everton” yarim himoyachisi Jek Grilish o'zining 30 yoshini nishonladi.

Eslatib o'tamiz, Grilish joriy mavsumni "irischilar"da ijara asosida o'tkazmoqda. Mavsum davomida u Premer-liganing so'nggi uchta turida to'rtta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.