Kathimerini nashri xabariga ko'ra, Gretsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marios Ikonomu avtohalokat oqibatlari tufayli 33 yoshida vafot etdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi 23 may kuni sodir bo'lgan avariyadan so'ng Yanina shahridagi shifoxonaning jonlantirish bo'limida bir necha kun davomida davolangan. Ikonomu mototsiklining mashina bilan to'qnashuvi natijasida og'ir tan jarohatlari olgan edi.

Ikonomu professional faoliyatini Gretsiyaning Yanina shahridagi PAS klubida boshlagan. Keyinchalik u Italiyaning «Kalyari», «Bolonya», SPAL, «Bari» va «Sampdoriya» klublarida, shuningdek, Gretsiyaning AEK safida to'p surgan.

Himoyachi Gretsiya milliy terma jamoasi safida oltita o'yin o'tkazgan.

Ikonomu 2024 yilda professional faoliyatini yakunlagan edi.