Gregor Kobel Bundesligada mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi va Dortmund klubi rekordini takrorladi

Gregor Kobel Bundesligada mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi.
Dortmundning «Borussiya» klubi posboni chempionatda 15 ta uchrashuvni «quruq» o'tkazdi — bu turnirdagi eng yaxshi ko'rsatkichdir. Ikkinchi o'rinni «Borussiya Myonxengladbax» darvozaboni Moritts Nikolas egalladi — u 13 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Kobel bu natijasi bilan Dortmund klubining rekordini takrorladi — 2011/12 yilgi mavsumda Roman Vaydenfeller ham Bundesligada 15 ta o'yinni gol o'tkazib yubormasdan yakunlagan edi.