"Liverpul" - "Everton" o'rtasidagi Mersisayd derbisi o'z nihoyasiga etdi. Unda Arne Slot jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bahsning asosiy qahramoni yarim himoyachi Rayan Gravenberx bo'ldi, u gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi.

Opta xabariga ko'ra, Gravenberx mersisayd derbisida gol urishga va golli pas berishga muvaffaq bo'lgan "Liverpul"ning eng yosh futbolchisiga aylandi. Niderlandiyalik bu ishni 23 yosh-u 127 kunligida amalga oshirgan.

"Liverpul" Angliya Premer-ligasining dastlabki 5 turida ochko yo'qotmasdan peshqadamlik qilmoqda. Arne Slot jamoasi keyingi turda "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi.