Goretskada APLdan yana bir variant paydo bo'ldi

Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy yarim himoyachisi Leon Goretska "Manchester Yunayted"ning transfer nishoniga aylandi. Bu haqda Sport Witness nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, yozda mankunianliklar germaniyalik yarim himoyachi uchun kurashga kirishadilar — u jamoadan ketayotgan Kazemironing o'rnini bosish uchun munosib nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Ma'lumki, "Bavariya" mavsum yakunida shartnomasi tugaydigan Goretska bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas. Avvalroq, "Bavariya" xavbekiga "Milan" va Londonning "Arsenal" klublari faol qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda 31 yoshli Goretska barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.