Goretska: "Raqibimizni kuchsiz deb ayta olmayman"

Bundesliganing birinchi turida Myunxenning “Bavariya” klubi o'z maydonida “RB Leyptsig”ni 6:0 hisobida mag'lub etdi.
Mezbonlar yarim himoyachisi Leon Goretska bu natija haqida gapirdi.
"Raqibimizni kuchsiz deb ayta olmayman. Biz bu o'yinda 100 foiz borimizni berdik. Bu ajoyib start. Jamoa ajoyib futbol namoyish etdi", - dedi yarim himoyachi.