Goretska: «Muxlislar bizga bo'lgan ishonchni biroz yo'qotishdi»

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretska milliy jamoa so'nggi ikkita Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok uchun muxlislar oldida o'zini oqlashga qat'iy qaror qilganini ma'lum qildi.
«Biz shu yozda hamma narsani to'g'irlamoqchimiz. Avvalgi ikkita Jahon chempionati haqidagi xotiralar bizni bezovta qilayotgani yo'q. To'g'ri, muxlislar bizga bo'lgan ishonchni biroz yo'qotishdi va biz ularning ishonchini qayta qozonishni juda ham istaymiz. Bu men va butun jamoa uchun eng asosiy motivatsiyadir», — dedi Goretska FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini Kyurasaoga qarshi o'yin bilan boshlaydi. "E" guruhidan o'rin olgan ushbu uchrashuv 14 iyun kuni bo'lib o'tadi. Nemislar turnirga 9 ta g'alabadan iborat seriya bilan etib kelishmoqda.