Goretska: «Bizga ogohlantirishlarning keragi yo'q»

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Leon Goretska Madridning «Real»iga qarshi o'yin oldidan jamoaning kayfiyati haqida fikr bildirdi. Bir oy ichida ikkinchi bor to'qnash kelayotgan klublar o'rtasidagi bahs UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida 15 aprel oqshomida «Alyants Arena»da bo'lib o'tadi.
«Biz kimga qarshi o'ynashimizni va bu qanday o'yin ekanligini juda yaxshi tushunib turibmiz. Madridda ular qanchalik tez vaziyatlar yarata olishini ko'rdik. Shunday ekan, bizga hech qanday ogohlantirishlarning keragi yo'q», — deya futbolchining so'zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.
Dastlabki uchrashuv Bundesliga vakillarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. Javob o'yinining boshlanishi Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 ga rejalashtirilgan. Uchrashuvni sloveniyalik Slavko Vinchich boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.