Goretska «Bavariya»dagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

«Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska qishki transfer oynasida Madridning «Atletiko» klubiga o'tish niyatida emas.
«Matraschilar» 30 yoshli futbolchini joriy oydayoq tarkibiga qo'shib olishni rejalashtirgan edi. Florian Plettenberg ma'lumotlariga ko'ra, payshanba kuni yangi muzokaralar o'tkazilgan va myunxenliklar bitimni ma'qullashga tayyor bo'lgan. Biroq Goretskaning o'zi yozda yakunlanadigan «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasini oxirigacha bajarishga qat'iy qaror qilgan. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, transfer amalga oshmaydi.
Leon Goretskaga «Milan» ham qiziqish bildirmoqda. Nemis futbolchisi yarim yildan so'ng erkin agent sifatida klubini o'zgartirishi mumkin.