"Nyukasl"ning hujumkor yarim himoyachisi Entoni Gordon Karl-Xaynts Rummeniggening hujumchi Nik Voltemadening transferi haqidagi so'zlariga izoh berdi. Rasmiyning ta'kidlashicha, forvard uchun faqat ahmoqlargina 85 million evro to'laydi.

"Bilmayman, nega boshqa jamoa futbolchisi haqida shunday deyish mumkin. Bu biroz ahmoqona ko'rinadi. Ayniqsa, Nik "Nyukasl"da juda yaxshi o'ynayapti.

To'rtta o'yinda uchta gol urdi. Demak, bu izoh mutlaqo o'rinsiz", - deydi Gordon.