Gordon: "Chempionlar Ligasida jamoalar ochiqroq o'ynashadi"

"Nyukasl" jamoasi qanot vingeri Entoni Gordon Chempionlar ligasi va APL o'rtasidagi farq haqida o'z fikrini bildirdi.
"Chempionlar Ligasida jamoalar ochiqroq o'ynashadi. Hamma haqiqiy futbol ko'rsatishga intiladi. Premer-ligada esa futbol jismoniy jihatdan har qachongidan ham kuchliroq tus oldi. Ba'zida bu basketbol o'yinini eslatadi. Chempionlar Ligasi esa eski uslubdagi o'yin. U ko'proq sof futbolga asoslangan. Jamoalar kelib, chinakam futbol o'ynashga harakat qilishadi. APL hozir ancha sekinlashgan va ko'proq standart vaziyatlarga e'tibor qaratilmoqda," - dedi Gordon matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" joriy mavsumda Chempionlar ligasida harakat qilmoqda.