Gordon «Barselona»ga o'tishida Reshford qanday yordam berganini so'zlab berdi

Yaqindagina «Nyukasl»dan «Barselona»ga ko'chib o'tgan hujumchi Entoni Gordon Angliya terma jamoasidagi sherigi Markus Reshford unga Kataloniya klubi haqida so'zlab berganini ma'lum qildi. Ma'lumot uchun, Reshford 2025/2026 yilgi mavsumda «ko'k-anorranglilar» safida ijara asosida to'p surgan edi.
«Reshford u erdagi yigitlar juda ajoyibligi va jamoaviy ruh yuqoriligi haqida gapirgandi — aslida buni «Barselona»dagi boshqa insonlardan ham eshitgandim. Shu sababli jamoaga qo'shilib ketish lahzalarini intiqlik bilan kutyapman. Markus menga shahar, yashash uchun qulay joylar haqida ham aytib berdi. U juda yaxshi va g'amxo'r yigit. Menga kerakli ma'lumotlarni berib, yordamlashdi», — dedi Gordon talkSPORTga bergan intervyusida.
«Barselona» klubi 2025/2026 yilgi mavsumda Ispaniya chempioniga aylandi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.