Gonsalo Garsiya "Real"ni tark etib, APLga yo'l olishi mumkin

Madridning "Real" klubi 21 yoshli hujumchisi Gonsalo Garsiya "Aston Villa"ning transfer ro'yxatiga kiritildi. Bu haqda Fichajes nashri yozmoqda.
Manbalarga ko'ra, birmingemliklar "Real"ga 20 mln evrolik taklif yuborgan. Shuningdek, madridliklar bilan APLning yana ikki klubi - "Vulverxempton" va "Sanderlend" bog'langani aytilmoqda.
Garsiya "Real" safida deyarli o'yin daqiqalari olmayapti. Bu mavsumda hujumchi milliy chempionat va Chempionlar Ligasida to'qqizta o'yin o'tkazdi, ularda Gonsalo bitta golli uzatmani amalga oshirdi.