Gonsalo Garsiya «klasiko»da «Barsa» darvozasiga gol kiritgan eng yosh futbolchilar safiga qo'shildi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" darvozasini ishg'ol qildi.
"Qaymoqranglilar" futbolchisi birinchi bo'limga qo'shib berilgan 6-daqiqada "ko'k-anorranglilar" darvozasiga yo'l topdi.
Opta xabariga ko'ra, Garsiya Marko Asensiodan keyin "el-klasiko"da "Barselona" darvozasini ishg'ol qilgan eng yosh ispaniyalik futbolchiga aylandi (21 yoshu 293 kun).
Asensio buni 2017 yil avgust oyida 21 yosh-u 207 kunligida amalga oshirgan.