Gomesning "Milan"ga transferi nima uchun barbod bo'ldi?

"Liverpul"dan "Milan"ga o'tmoqchi bo'lgan markaziy himoyachi Jo Gomesning transferi amalga oshmay qoldi.
Og'zaki kelishuvga qaramay, muzokaralar to'satdan boshi berk ko'chaga kirib qoldi, deb yozadi jurnalist Janluka di Martsio o'z veb-saytida.
"Milan" Gomesni qabul qilishga tayyor edi, ammo "Liverpul" haligacha "Kristal Pelas"dan Mark Gexi transferi bo'yicha kelisha olmadi.
Shu sababdan "qizillar" Gomesni Italiyaga qo'yib yuborishmayapti.