Gollivudda “Shaxtyor” haqida film suratga olinadi

Gollivudda Ukrainaning “Shaxtyor” futbol klubi haqida film suratga olinadi.
Bo'lajak film stsenariysi “Oskar” mukofotiga nomzodlar Pol Tamasey va Erik Jonson tomonidan yoziladi.
Film FIFA tomonidan “Shaxtyor”ning xorijlik futbolchilariga klubni tekinga tark etishga ruxsat bergan 2022 yilgi mavsumiga bag'ishlanadi.
So'nggi 10 yil davomida Donetsk klubi Xarkov, Kiev va Lvovda uy o'yinlarini o'tkazdi.