Goal talqini: 2025/2026 yilgi mavsum APLning eng yaxshi murabbiylari reytingi e'lon qilindi

Nufuzli Goal portali yakunlangan 2025/2026 yilgi Angliya premer-ligasi mavsumi natijalariga ko'ra eng yaxshi murabbiylar reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola yilning eng yaxshi mutaxassisi deb topildi.
Iraola qo'l ostida «Bornmut» turnir jadvalida 6-o'rinni egallab, o'z tarixida ilk bor evrokuboklarga — Evropa ligasiga yo'llanma oldi. Shuningdek, «olchalar» 3 yanvar kunidan boshlab chempionatda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda — jamoaning APLdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 18 ta o'yinni tashkil etdi.
Reytingning ikkinchi pog'onasidan «Arsenal»ni 2004 yildan beri ilk bor chempionlik shohsupasiga olib chiqqan Mikel Arteta joy oldi. Kuchli uchlikni esa «Sanderlend» bilan 7-o'rinni egallab, Evropa ligasiga yo'l olgan Regis le Bris yakunlab berdi.
Reytingning kuchli o'nligi quyidagicha:
-
Andoni Iraola («Bornmut»)
-
Mikel Arteta («Arsenal»)
-
Regis le Bris («Sanderlend»)
-
Unai Emeri
-
Kit Endryus
-
Xosep Gvardiola
-
Maykl Karrik
-
Daniel Farke
-
Fabian Xyurtseler
-
Roberto de Dzerbi