Goal portali 2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiylari reytingini e'lon qildi

Nufuzli Goal portali ekspertlari klublar mavsumi yakunlarini sarhisob qilishda davom etmoqda. Bu safar ekspertlar 2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiylari reytingini taqdim etishdi.
Reyting cho'qqisidan Luis Enrike joy oldi. Uning qo'l ostida «PSJ» ikkinchi yil ketma-ket Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi. Shuningdek, parijliklar Frantsiya chempionati, Frantsiya Superkubogi, UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokni ham qo'lga kiritishdi.
Ikkinchi o'rin Mikel Artetaga nasib etdi. Uning «Arsenal»i 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo'ldi va Chempionlar ligasi finaligacha etib bordi. Kuchli uchlikni Vensan Kompani yakunlab berdi — «Bavariya» uning boshqaruvida gollar urish bo'yicha rekord o'rnatgan holda Germaniya chempioniga aylandi.
Top-10 likning keyingi o'rinlaridan Unai Emeri, Sesk Fabregas, Xans-Diter Flik, Kristian Kivu, Andoni Iraola, Franchesko Farioli va Per Saj joy olishdi. Xosep Gvardiola esa reytingda 11-o'rinni egalladi.