Goal nashri «Oltin to'p»ga da'vogarlarning yangilangan ro'yxatini e'lon qildi

2026 yilgi «Oltin to'p» sovrini uchun asosiy da'vogar — Angliya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn. Goal nashrining ta'kidlashicha, hujumchi joriy mavsumda klub va terma jamoa safida allaqachon 73 ta gol urgan, shuningdek, Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.
Ikkinchi o'rinni Keynning jamoadoshi, Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise egallab turibdi. Etakchilar uchligini Madridning «Real» klubida to'p surayotgan yana bir frantsiyalik futbolchi Kilian Mbappe yakunlaydi. Top-5 likka «PSJ»dan Usmon Dembele va «Inter Mayami»dan Lionel Messi ham kirgan.
«PSJ»ning gruziyalik hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya reytingda sakkizinchi o'rinda qayd etilgan. Top-20 likni «Bavariya»ning yana bir o'yinchisi Ismael Saybari yakunlab berdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar