Goal Messini "Oltin to'p-2026"ga da'vogarlar o'nligiga kiritdi

Goal portali jurnalistlari "Oltin to'p-2026"ga da'vogarlar reytingini taqdim etdi. Ro'yxatda birinchi o'rinni Myunxenning "Bavariya" klubi safida to'p tepayotgan angliyalik markaziy hujumchi Xarri Keyn egallab turibdi.
Ikkinchi pog'onada Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti"ning yulduz hujumchisi Erling Xoland bormoqda. Kuchli uchlikni Frantsiya terma jamoasi va "Real" etakchisi Kilian Mbappe yakunlab berdi.
Undan keyingi o'rinlarni Lamin Yamal ("Barselona"), Deklan Rays ("Arsenal"), Vitinya ("PSJ"), Maykl Olise ("Bavariya"), Luis Dias ("Bavariya"), Lionel Messi ("Inter Mayami") va Ashraf Hakimiy ("PSJ") egallagan.