Goal Evropada hozirgacha eng yaxshi o'yinchilardan iborat ramziy jamoa tuzdi

Goal Evropada mavsumning hozirgi qismigacha bo'lgan eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini taqdim etdi.
Ro'yxatga Evropaning etakchi ligalari klublariga eng katta ta'sir ko'rsatgan futbolchilar kiritilgan.
Darvozabon: Tibo Kurtua ("Real");
O'ng qanot himoyachisi: Yurrien Timber ("Arsenal");
Markaziy himoyachilar: Dayo Upamekano ("Bavariya"); Gabriel Magalyaes ("Arsenal");
Chap qanot himoyachisi: Nunu Mendesh ("PSJ");
O'ng qanot vingeri: Lamin Yamal ("Barselona");
Markaziy yarim himoyachilar: Pedri ("Barselona"), Vitinya ("PSJ");
Chap qanot vingeri: Luis Dias ("Bavariya");
Hujumchilar: Erling Xoland ("Manchester Siti"), Kilian Mbappe ("Real").