Goal.com sayti o'z talqiniga ko'ra, JCh-2026 favoritlari ro'yxatini shakllantirdi. G'oliblikka asosiy davogarlar Ispaniya, Argentina hamda Angliya terma jamoalari deb etirof qilingan. Kuchli o'ntalikdan Portugaliya, Frantsiya, Germaniya, Niderlandiya, Braziliya, Marokash, Ekvador jamoalari o'rin egallashgan.

Etiborli jihati, O'zbekiston milliy terma jamoasi ham mazkur reytingdan o'rin olgan bo'lib, Osiyo jamoalari orasida beshinchi, Jahonda 25-o'rinda qayd etildi. Qit'adoshlarimizdan Janubiy Koreya (11), Yaponiya (12), Avstraliya (21) hamda Eronning (22) imkoniyatlari biznikidan yuqori baholangan.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 musobaqasi keyingi yil 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Manba: https://t.me/komiljon_jumayev
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.