Goal portali talqiniga ko'ra, 2025/26 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumining ramziy terma jamoasidan «Arsenal»ning besh nafar futbolchisi o'rin oldi. «Arsenal» bu yilgi mavsumda 2004 yildan beri ilk bor chempionlikka erishdi.

Ramziy terma jamoa tarkibi:

  • Darvozabon: David Rayya («Arsenal»)

  • Himoyachilar: Jyurren Timber, Vilyam Saliba, Gabriel Magalyayns (barchasi — «Arsenal»), Niko O’Rayli («Manchester Siti»)

  • Yarim himoyachilar: Deklan Rays («Arsenal»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Antuan Semeno («Manchester Siti»), Rayan Sherki («Manchester Siti»)

  • Hujumchilar: Erling Xoland («Manchester Siti»), Igor Tyago («Brentford»)

Ma'lumot o'rnida, «Arsenal» joriy mavsumda chempionlikni 19 may kuni, «Manchester Siti»ning «Bornmut» bilan durang (1:1) o'ynashidan so'ng muddatidan avval rasmiylashtirgan edi. Bu klubning tarixdagi 14-chempionlik unvonidir.