Nufuzli Goal nashri 2025/2026 mavsumida Angliya Premer-ligasining eng yaxshi murabbiylari reytingini taqdim etdi, deb xabar berdi Sports.kz.

Ro'yxatda birinchi o'rinni «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola egalladi. Ispaniyalik mutaxassis mavsum davomidagi jiddiy kadrlar yo'qotishlariga qaramay, jamoani klub tarixida ilk bor evrokuboklarga olib chiqdi.

Ikkinchi o'rindan «Arsenal»ni APL chempionligiga olib kelgan Mikel Arteta joy oldi. Kuchli uchlikni esa ligaga yangi chiqqan «Sanderlend»ni evrokuboklarga olib chiqqan Reje Le Bri yakunlab berdi.

2025/2026 mavsumi APLning eng yaxshi 10 murabbiyi:

1. Andoni Iraola («Bornmut»)
2. Mikel Arteta («Arsenal»)
3. Reje Le Bri («Sanderlend»)
4. Unai Emeri («Aston Villa»)
5. Kit Endryus («Brentford»)
6. Pep Gvardiola («Manchester Siti»)
7. Maykl Karrik («Manchester Yunayted»)
8. Daniel Farke («Lids»)
9. Fabian Xyurtseler («Brayton»)
10. Roberto De Dzerbi («Tottenxem»)

Qayd etilishicha, mavsum davomida APLda 11 nafar murabbiy ishdan bo'shatilgan, «Nottingem Forest» esa chempionat mobaynida to'rt nafar bosh murabbiyni almashtirgan.

Manba: sports.kz