Globe Soccer Awards. Yilning eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum bo'ldi

Bugun Dubayda Globe Soccer Awards mukofotlarini topshirish marosimi bo'lib o'tmoqda.
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida "PSJ" vakili Luis Enrike g'olib bo'ldi.
Ispaniyalik mutaxassis sovrin uchun kurashda Xabi Alonso ("Real"), Mikel Arteta ("Arsenal"), Xans-Diter Flik ("Barselona"), Entso Mareskani ("Chelsi") ortda qoldirdi.
Shuningdek, "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrinini "PSJ" futbolchisi Dezire Due qo'lga kiritdi.