Globe Soccer Awards talqini bo'yicha 2025 yilning eng yaxshi hujumchisi sovrini uchun finalchilar ro'yxati ma'lum bo'ldi

Globe Soccer Awards talqiniga ko'ra, 2025 yilning eng yaxshi hujumchisi nominatsiyasi finalchilari ma'lum bo'ldi.
Dunyoning 2025 yildagi eng yaxshi hujumchisi mukofotiga nomzodlar:
Usmon Dembele ("PSJ" Frantsiya);
Xarri Keyn ("Bavariya" Germaniya);
Xvicha Kvaratsxeliya ("PSJ" Frantsiya);
Robert Levandovski ("Barselona" Ispaniya);
Kilian Mbappe ("Real" Madrid" Ispaniya);
Rafinya ("Barselona" Ispaniya);
Muhammad Saloh ("Liverpul" Angliya);
Lamin Yamal ("Barselona" Ispaniya).
2024 yil yakunlariga ko'ra, Globe Soccer Awards talqini bo'yicha eng yaxshi hujumchi sovrinini "Real" futbolchisi Vinisius Junior qo'lga kiritdi.