Glasner «Nottingem Forest»dagi ilk transferni amalga oshiradi

«RB Leyptsig» yarim himoyachisi Ksaver Shlager Oliver Glasner boshqaruvidagi «Nottingem Forest»ning ilk xaridiga aylanadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
28 yoshli avstriyalik futbolchining o'tishi erkin agent maqomida amalga oshadi. Shartnoma «2+1» sxemasi bo'yicha imzolanadi.
Shlager faoliyatining so'nggi to'rt yilini «RB Leyptsig»da o'tkazdi. Avvalroq Germaniyada «Volfsburg» va Avstriyada «Red Bull Zaltsburg» jamoalarida to'p surgan, u aynan «Red Bull Zaltsburg» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Avstriya milliy terma jamoasi a'zosi.
Eslatib o'tamiz, nemis mutaxassisi «Kristal Pelas»dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng shu yoz rasman «Nottingem Forest» boshqaruvini qo'lga oldi. Glasner qo'l ostida «Kristal Pelas» Angliya Kubogi va Superkubogini, keyin esa UEFA Konferentsiyalar ligasini qo'lga kiritgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar