Glasner «Milan»ni boshqarishga rozi bo'ldi

La Gazzetta Dello Sport nashrining xabariga ko'ra, «rossoneri» rahbariyati avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner bilan samarali muzokaralar o'tkazgan. Ma'lumotlarga ko'ra, «Kristal Pelas» sobiq ustozi klub loyihasidan ilhomlangan va Italiya jamoasini boshqarishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Glasner yakunlangan mavsum oxirida «burgutlar» bosh murabbiyligidan ketgan edi. «Kristal Pelas»dagi ikki yillik faoliyati davomida u jamoani Konferentsiyalar ligasi, shuningdek, Angliya Kubogi va Superkubogida g'alabaga boshlab keldi.
«Milan» esa A Seriyaning yakunlangan mavsumi natijalariga ko'ra turnir jadvalida beshinchi o'rinni egalladi.