"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner Evropa grandlaridan birida ishlashni orzu qilmoqda. 51 yoshli mutaxassis bir kun kelib "Bavariya"da o'zini sinab ko'rishni istardi, deb yozadi taniqli jurnalist Alan Nikson.

Avstriyalik murabbiyning "burgutlar" bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. U shartnomani uzaytirishi mumkin, ammo taklif tushganda Myunxenning top-klublaridan biriga to'siqsiz ishga o'tish imkonini beruvchi maxsus bandni bitimga kiritishni so'raydi.

Joriy yilda Oliver Glasner "Kristal Pelas"ni Angliya kubogi va mamlakat Superkubogida g'olib chiqardi.