Yaqinda matbuotda "Kristal Pelas" bosh murabbiyi iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Avstriyalik mutaxassis navbatdagi matbuot anjumanida ushbu mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Natijalar joyida bo'lsagina, murabbiy o'z o'rnida qoladi va unga ishlashga imkon beriladi. Gap aynan shunda. So'nggi oylarda esa natijalarimiz yaxshi bo'lmadi. O'yinimizda ham barqarorlik kuzatilmadi", — deya ta'kidladi Glasner.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida "burgutlar" 32 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turishibdi.

Oliver Glasner 2024 yilning fevralidan beri "Kristal Pelas"da faoliyat yuritmoqda. 51 yoshli murabbiy londonliklar bilan birgalikda Angliya Kubogi va Superkubogida zafar quchishga muvaffaq bo'lgan.