Glasner hozircha "Kristal Pelas" bilan shartnomasini uzaytirmadi

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif oldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "burgutlar" rahbariyati yozda murabbiyga taklif bilan chiqqan, biroq u haligacha javob bermagan. Mavsum yakunlangach, Glasner klubni tark etishi ehtimoli katta, chunki u transfer bozoridagi sport bo'limi ishidan norozi.
Ta'kidlanishicha, 51 yoshli daniyalik murabbiy "Manchester Yunayted" rahbariyatiga yoqadi.
"Kristal Pelas" 6 turdan so'ng Angliya chempionatida 12 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" 7 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.