Angliyaning «Kristal Pelas» klubi bosh murabbiyi Oliver Glasner 2025/2026 yilgi mavsum haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Biz jami 60 ta o'yin o'tkazdik. Bu nafaqat futbolchilar, balki barcha uchun juda tig'iz mavsum bo'ldi. Murakkab kampaniyani boshdan kechirdik, ammo hech kim noligani yo'q. Biz: «Hamma narsani boricha, barcha detallari bilan qabul qilaylik», dedik. Konferentsiyalar ligasining o'zida 15 ta o'yin o'tkazdik — bu Bundesliganing yarim mavsumiga teng demakdir», — deya Glasnerning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, Konferentsiyalar ligasi finalida «Kristal Pelas» Ispaniyaning «Rayo Valekano» jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Avvalroq 51 yoshli Oliver Glasner yozda jamoani tark etishi ma'lum bo'lgan edi.