Glasner "Bavariya"da ishlashni xohlaydi

“Kristal Pelas” bosh murabbiyi Oliver Glasner Evropaning top klublaridan birida ishlashni orzu qiladi.
51 yoshli mutaxassis bir kun kelib o'zini “Bavariya”da sinab ko'rmoqchi.
Avstriyalik murabbiyning “burgutlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsumdan keyin yakuniga etadi.
Murabbiy shartnomasini uzaytirishi mumkin, ammo agar unga Myunxendan taklif tushsa, boshqa klubga o'tishga ruxsat beruvchi bandni talab qiladi.