Hozirda "Kristal Pelas"ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Oliver Glasner "Manchester Yunayted"ning keyingi bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi haqida gap bor.

Avstriyalik futbolchi o'zini "qizil iblislar" bilan bog'lovchi mish-mishlarga izoh berdi.

"Men barcha mish-mishlarni betaraf va xotirjam qabul qilaman. Men kundalik ishimga e'tiborimni qaratganman va undan iloji boricha zavq olishga harakat qilaman", dedi Glasner.