“Oltin to'p” tashkilotchilari o'yinchilarning ovoz berishdagi pozitsiyalarini oshkor etishda davom etmoqda.

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Seru Girassi 21-o'rinni egalladi.

Bu 29 yoshli futbolchining bunday nufuzli individual mukofotga birinchi bor nomzod bo'lishi edi. Girassi, ​​albatta, natijadan mamnun bo'lishi mumkin.

U "Real"dan Jud Bellingem (23-o'rin) va "Manchester Siti"dan Erling Xoland (26-o'rin) kabi yulduz futbolchilarni ortda qoldirdi.

O'tgan mavsumda Seru Girassi 50 ta o'yinda 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.