Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning yordamchisi Gi Stefan «uch ranglilar» hujumchisi Yugo Ekitikening axill payi uzilgani va shu sababli JCh-2026ni o'tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi.

«Birinchi navbatda, boshqa yomon xabarlar bo'lmasligiga umid qilamiz. Afsuski, Yugo jiddiy jarohat oldi. Bu Frantsiya terma jamoasi uchun kuchli zarba va katta yo'qotishdir. U boshqa hech kimda bo'lmagan o'ziga xos qobiliyatlarga ega edi.

U yosh o'yinchi, AQShdagi [Braziliya va Kolumbiyaga qarshi] uchrashuvlarda o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Yugo asosiy tarkibdan joy olishini kutgandi, ammo bir necha soniya ichida hammasi barbod bo'ldi. Biz bu vaziyatni engib o'tishimiz va unga o'rinbosar izlashimiz kerak», — dedi Stefan Ouest-France nashriga bergan intervyusida.