Gexi "Liverpul"ga transferining barbod bo'lgani haqida gapirdi

Mark Gexi "Liverpul"ga transferining barbod bo'lgani haqida gapirdi.
"Liverpul" va "Kristal Pelas" o'rtasidagi kelishuvga qaramay, himoyachining mersisaydliklar safiga o'tishi bo'yicha kelishuv yozgi transfer oynasining so'nggi kunida barbod bo'ldi.
- To'g'risini aytsam, aytadigan gapim yo'q. Men e'tiborimni futbolga va "Kristal Pelas"da o'ynashga qarataman.
Lekin muxlislarga qo'llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat. Men buni aniq his qilyapman," - dedi "Kristal Pelas" himoyachisi.