"Kristal Pelas" sharafini himoya qilayotgan angliyalik himoyachi Mark Gexi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

25 yoshli futbolchi "burgutlar" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamaydi, bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Gexi va "Kristal Pelas" o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati kelasi yilning yozida yakuniga etadi.

Avvalroq, markaziy himoyachiga Premer-liganing amaldagi chempioni "Liverpul" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Mark ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.