"Kristal Pelas" himoyachisi Mak Gexi Angliya terma jamoasi safidagi ilk golini urdi.

Bu voqea Evropa chempionati saralashida Serbiyaga qarshi kechgan va 5:0 hisobida inglizlar foydasiga hal bo'lgan o'yinda sodir bo'ldi. 75-daqiqada Gexi Raysning uzatmasidan so'ng to'pga etib borib, zarba berishga ulgurdi. Urilgan to'pdan keyin hisob 4:0 bo'ldi.

Kot-d'Ivuarda tug'ilgan 25 yoshli futbolchi 2022 yilda Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan va 25 ta o'yinda maydonga tushgan.