"Manchester Siti" 4 fevral kuni Angliya Liga kubogi yarim final javob o'yinida "Nyukasl"ni qabul qiladi.

Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" markaziy himoyachisi Mark Gexi ushbu uchrashuvida maydonga tusha olmaydi, chunki u birinchi o'yin oldidan o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazilmagan.

“Siti” finalga chiqadigan bo'lsa, Gexi u o'yinda ham ishtirok eta olmasligi mumkin.

Angliya liga kubogi yarim finali ikkinchi juftligida "Arsenal" va "Chelsi" o'zaro to'qnash keladi.