Germaniyalik sobiq hujumchi Voltemadening "Bavariya"ga muvaffaqiyatsiz transferi haqida fikr bildirdi

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mixael Ballak Nik Voltemadening transferi haqida fikr bildirdi. Hujumchi Germaniyaning "Shtutgart" klubini Angliyaning "Nyukasl" klubiga almashtirdi.
Transfer summasi 90 million evroni tashkil etdi (85+5 bonus ko'rinishida). 23 yoshli futbolchiga "Bavariya" faol qiziqish bildirgan, ammo yakunda uni sotib olmadi.
"Virts uchun "Bavariya" 100 million evrogacha bo'lgan paketni taklif qilishga tayyor edi. Voltemade masalasiga kelsak, bu boshqa masala. Klub o'nlab yillar davomida qarzga botmaganligi va katta muvaffaqiyatlarga erishganligi bilan ajralib turdi. Shuning uchun "Bavariya" nima uchun Voltemade uchun 55 million evrodan ortiq tovon puli to'lamaslikka qaror qilganini tushunaman. Ularning tushunchasiga ko'ra, futbolchi bundan ko'piga arzimaydi," - deya Ballakning so'zlarini keltiradi Bild.
O'tgan mavsumda Voltemade klub miqyosida 33 ta uchrashuvda 17 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.