Germaniyada Klopp bo'yicha bayonot berildi

Germaniya futbol ittifoqi vitse-prezidenti Xans-Yoaxim Vatske Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga ehtimoliy tayinlanishi haqida fikr bildirdi.
«Kelishuv hali yakuniga etgani yo'q. Hali ham to'siqlar mavjud, masalan, Kloppning «Red Bull» bilan amaldagi shartnomasi shular jumlasidandir. Hozircha shartnoma imzolanish imkoniyatini 50 foizdan sal yuqoriroq deb baholayapman. Klopp ayni damda bizning bosh maqsadimiz hisoblanadi. Ammo bizning ham o'z moliyaviy chegaralarimiz bor. Yurgen bizga chegirma qilib beradi, deb umid qilamiz, axir u Germaniyani juda yaxshi ko'radi», — deya Vatskening so'zlarini keltiradi ZDF.de.
Germaniya terma jamoasi JCh-2026 da muvaffaqiyatsizlikka uchrab, pley-offning ilk bosqichidayoq Paragvaydan mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi. Ushbu natijadan so'ng bosh murabbiy Yulian Nagelsmann o'z lavozimini tark etdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar