Germaniya terma jamoasi JCh-2026 saralashida Lyuksemburg jamoasini mag'lub etdi (2:0).

Hozircha "A" guruhida Germaniya va Slovakiya jamoalari 5 o'yinda 12 ochkodan jamg'arishgan. 17 noyabr kuni jamoalar Leyptsigda o'zaro o'yin o'tkazib, jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani kim qo'lga kiritishini hal qilishadi.

Germaniya yaxshiroq to'plar nisbati bilan (10:3) peshqadamlik qilmoqda, Slovakiya ikkinchi o'rinda (6:2).

Shunday qilib, Germaniya terma jamoasiga JCh-2026ga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun durang etarli bo'ladi, slovakiyaliklarga faqat g'alaba kerak.