Germaniya terma jamoasining mart oyidagi tarkibi ma'lum: Nagelsmann kimlarga ishonch bildirdi?

Germaniya milliy terma jamoasining mart oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibi e'lon qilindi. Nemislar 27 mart kuni Shveytsariya, 30 martda esa Gana terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar.
Yulian Nagelsmann boshchiligidagi murabbiylar shtabi qaydnomaga quyidagi futbolchilarni kiritdi:
-
Darvozabonlar: Oliver Baumann («Xoffenxaym»), Aleksandr Nyubel («Shtutgart»), Yonas Urbig («Bavariya»).
-
Himoyachilar: Valdemar Anton, Niko Shlotterbek (ikkalasi ham – «Borussiya» Dortmund), Paskal Gross («Brayton»), David Raum («Leyptsig»), Antonio Ryudiger («Real»), Nataniel Braun («Ayntraxt»), Djonatan Ta («Bavariya»), Malik Tiav («Nyukasl»), Yosha Vagnoman («Shtutgart»).
-
Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix, Aleksandar Pavlovich, Leon Gorettska, Lennart Karl (barchasi – «Bavariya»), Feliks Nmecha («Borussiya» Dortmund), Anton Shtax («Lids»), Kevin Shade («Brentford»), Florian Virtts («Liverpul»), Kay Xavertts («Arsenal»).
-
Hujumchilar: Deniz Undav («Shtutgart»), Serj Gnabri («Bavariya»), Djeymi Leveling («Shtutgart»), Leroy Sane («Galatasaroy»), Nik Voltemade («Nyukasl»).