"Nyukasl" hujumchisi Nik Voltemade dushanba kuni Germaniya terma jamoasi ixtiyoriga kelmaydi. Bu haqda jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qilindi.

"Nik Voltemade grippga o'xshash kasallik tufayli hozircha terma jamoaga qo'shilmadi," - deyiladi Bundestim xabarida.

Boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan. Ehtimol, Germaniya terma jamoasida Voltemadening jamoa qarorgohiga kechroq kelishiga ruxsat berishar.

Bu oy Germaniya terma jamoasining JCh-2026 saralashidagi raqiblari Lyuksemburg (10 oktyabr) va Shimoliy Irlandiya (13 oktyabr) bo'ladi.